Ko’pchilik so’ragan funksiya tayyor: O’yin top rejimi endi barcha foydalanuvchilar uchun ochiq!
Qanday ishlaydi?
- Ilovada “O’yin top” bo’limiga o’ting
- O’zingizga qulay tuman, sana va darajani tanlang
- Ochiq o’yinga qo’shiling yoki o’zingiz o’yin e’lon qiling
Birinchi natijalar
Sinov davrida (2 hafta) foydalanuvchilar 400 dan ortiq ochiq o’yin tashkil qilishdi. Eng faol tumanlar — Chilonzor va Yunusobod.
Darajalar tizimi
Har bir o’yinchi o’z darajasini belgilaydi: Havaskor, O’rta yoki Kuchli. Bu teng kuchli o’yinlar tashkil bo’lishiga yordam beradi — hech kim zerikmaydi, hech kim ortda qolmaydi.
Batafsil: O’yin top sahifasi