AYGO
← Barcha yangiliklar
E'lon

AYGO rasman ishga tushdi

Futbol maydonlarini band qilish va o'yin topish endi bitta ilovada — AYGO App Store va Google Play'da.

Bugun biz uchun katta kun — AYGO rasman ishga tushdi! Endi Toshkentdagi futbol maydonlarini band qilish uchun qo’ng’iroq qilish, kutish va “band ekan” degan javobni eshitish shart emas.

Nima qila olasiz?

  • Maydonni band qilish — jonli jadvalda bo’sh vaqtlarni ko’ring, Payme yoki Click orqali to’lang, darhol tasdiq oling.
  • O’yin topish — jamoangiz to’liq bo’lmasa, ochiq o’yinlarga qo’shiling yoki o’z o’yiningizni e’lon qiling.

Boshlanish bosqichida

Hozircha ilovada Toshkentning bir nechta tumanidagi maydonlar mavjud. Har hafta yangi maydonlar qo’shilib boradi — kuzatib boring!

Ilovani App Store yoki Google Play orqali yuklab oling va birinchi o’yiningizni band qiling.

Bugun o'ynashni boshla

AYGO'ni yuklab oling — maydon bron qiling, o'yin toping va o'yinga chiqing.